Idrok va tasavvur: Toshkentda "San’atni anglash san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Idrok va tasavvur: Toshkentda "San’atni anglash san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rgazmaning markaziy g‘oyasi — "Uchinchi Renessans". Ya’ni, san’at, texnologiya va insonning uyg‘unligi orqali zamonaviy dunyo muammolariga yechim izlash. 20.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan “San’atni anglash san’ati” ko‘rgazmasi beshinchi bor o‘tkazilmoqda. Bu galgi tadbir nafaqat mahalliy, balki xalqaro rassomlarni ham birlashtirdi.Ko‘rgazmada Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan rassomlar ham o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqda. Turli uslub, texnika va janrdagi asarlar, realizmdan tortib abstraksiyagacha, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni betakror badiiy safarga boshlaydi.Shunday qilib, ko‘rgazmada 16 nafar yosh va tajribali rassomlar qatnashmoqda. Ular orasida Jasvant Annazarov, Nuriddin Isayev, Erach Olimov, Lutfullo Qodirov, Zuhriddin Qiyomov va boshqalar bor. Har bir ijodkor o‘z asari orqali inson va jamiyat, idrok va tasavvur, san’at va zamon munosabatlarini tadqiq etadi. Ko‘rgazmada "San’atni anglash san’ati" yozuvi tushirilgan maxsus bloknotlar orqali har bir tashrif buyuruvchi o‘z taassurotlarini bayon etishi mumkin. Bu yondashuv tomoshabinni passiv kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchiga aylantiradi. Mualliflar va auditoriya o‘rtasidagi muloqot ijodiy jarayonni yangi bosqichga ko‘taradi.Ko‘rgazmaning markaziy g‘oyasi — "Uchinchi Renessans". Ya’ni, san’at, texnologiya va insonning uyg‘unligi orqali zamonaviy dunyo muammolariga yechim izlash. Ko‘rgazmada madaniy meros va barqaror rivojlanish, inson va tabiat munosabatlari alohida o‘rin olgan. Ko‘rgazmadagi e’tiborga molik ishtirokchilardan biri — Lutfullo Qodirov. Qo‘llari bo‘lmaganiga qaramasdan, u oyoqlari bilan surat chizadi va o‘z asarlari orqali tomoshabinni hayratga soladi. Tadbir doirasida performanslar va mahorat darslari tashkil etiladi. Shulardan biri — O‘zbekiston xalq rassomi Jasvant Annazarov tomonidan namoyon etiladigan ijodiy jarayon. Loyihaning bosh g‘oyaviy rahbari Manushak Arushanova “san’at uchun san’at” shiori asosida badiiy konsepsiyani shakllantirdi. Uning ta’kidlashicha, faqat idrok orqaligina chinakam ijod vujudga keladi.
Ko‘rgazmaning markaziy g‘oyasi — "Uchinchi Renessans". Ya’ni, san’at, texnologiya va insonning uyg‘unligi orqali zamonaviy dunyo muammolariga yechim izlash.
Toshkentda Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan “San’atni anglash san’ati” ko‘rgazmasi beshinchi bor o‘tkazilmoqda. Bu galgi tadbir nafaqat mahalliy, balki xalqaro rassomlarni ham birlashtirdi.
Ko‘rgazmada Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan rassomlar ham o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqda. Turli uslub, texnika va janrdagi asarlar, realizmdan tortib abstraksiyagacha, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni betakror badiiy safarga boshlaydi.
Shunday qilib, ko‘rgazmada 16 nafar yosh va tajribali rassomlar qatnashmoqda. Ular orasida Jasvant Annazarov, Nuriddin Isayev, Erach Olimov, Lutfullo Qodirov, Zuhriddin Qiyomov va boshqalar bor. Har bir ijodkor o‘z asari orqali inson va jamiyat, idrok va tasavvur, san’at va zamon munosabatlarini tadqiq etadi.
Ko‘rgazmada "San’atni anglash san’ati" yozuvi tushirilgan maxsus bloknotlar orqali har bir tashrif buyuruvchi o‘z taassurotlarini bayon etishi mumkin. Bu yondashuv tomoshabinni passiv kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchiga aylantiradi. Mualliflar va auditoriya o‘rtasidagi muloqot ijodiy jarayonni yangi bosqichga ko‘taradi.
Ko‘rgazmaning markaziy g‘oyasi — "Uchinchi Renessans". Ya’ni, san’at, texnologiya va insonning uyg‘unligi orqali zamonaviy dunyo muammolariga yechim izlash. Ko‘rgazmada madaniy meros va barqaror rivojlanish, inson va tabiat munosabatlari alohida o‘rin olgan.
Ko‘rgazmadagi e’tiborga molik ishtirokchilardan biri — Lutfullo Qodirov. Qo‘llari bo‘lmaganiga qaramasdan, u oyoqlari bilan surat chizadi va o‘z asarlari orqali tomoshabinni hayratga soladi.
Tadbir doirasida performanslar va mahorat darslari tashkil etiladi. Shulardan biri — O‘zbekiston xalq rassomi Jasvant Annazarov tomonidan namoyon etiladigan ijodiy jarayon.
Loyihaning bosh g‘oyaviy rahbari Manushak Arushanova “san’at uchun san’at” shiori asosida badiiy konsepsiyani shakllantirdi. Uning ta’kidlashicha, faqat idrok orqaligina chinakam ijod vujudga keladi.