TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston Boshqirdistonga meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni boshlaydi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Boshqirdiston bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Boshqirdiston sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan
Tomonlar O‘zbekiston hududlari va Boshqirdiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini, xususan, 2024-yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo 11,8 foizga o‘sganligini qayd etishdi.
“Boshqirdiston Respublikasiga meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Boshqirdiston sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan
Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, hududlararo muloqotni kengaytirish, shuningdek, stanoklar ishlab chiqarish, yengil sanoat, kadrlar va texnologiyalar almashinuvi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.