O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi

© Ministerstvo selskogo xozaystva Respubliki UzbekistanIz Uzbekistana v Afganistan dostavleni otbornie semena
Iz Uzbekistana v Afganistan dostavleni otbornie semena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2025
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Aytilishicha, Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi agrar korxonalar, agroklasterlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, hosildor urug‘chilik, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari hamda qayta ishlash sanoati yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
“Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi”, — deyiladi xabarda.
© Ministerstvo selskogo xozaystva Respubliki Uzbekistan
Iz Uzbekistana v Afganistan dostavleni otbornie semena - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Ministerstvo selskogo xozaystva Respubliki Uzbekistan
Iz Uzbekistana v Afganistan dostavleni otbornie semena - Sputnik O‘zbekiston
2/2
1/2
2/2
Quyidagilar topshirildi:
ob-havo sharoitlariga chidamli, sertifikatlangan 5 tonna chigit (200 gektar yer maydoni uchun);
20 tonna sholi (100 gektar maydon uchun);
500 kilogramm mosh (25 gektar uchun);
187 kilogramm sabzavot urug‘lari;
600 kilogramm poliz ekinlarining saralangan, yuqori sifatli urug‘lari.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi
Amudarya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0
OSZAR »