https://oz.sputniknews.uz/20250605/malayziya-kochmas-mulk-kompaniyasi-ozbekiston-49725920.html
Malayziyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Malayziyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Malayziya tomoni O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishlarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish va mazkur sohalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi.
2025-06-05T15:25+0500
2025-06-05T15:25+0500
2025-06-05T15:25+0500
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
investitsiya
ko‘chmas mulk
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45294887_0:164:947:696_1920x0_80_0_0_bc560b1161a01063a651324d15cb799b.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Malayziyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Berjaya Land Berhad" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sayid Ali Shaxul Xamid bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv avvalida tomonlar bugungi kunda O‘zbekistonda bunyodkorlik sohasi jadal sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi.Malayziya tomoni O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishlarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish va mazkur sohalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi."Berjaya Land Berhad" kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati Malayziya hududida va xorijiy davlatlarda qurilish hamda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, ushbu sohalarga sarmoya kiritish, mehmonxonalar va dam olish maskanlari, shuningdek, o‘yinlar va lotereyalarni boshqarish, avtomobil savdosidan iborat. Uning tarkibida 44 ta shu’ba korxona bor va ularda 5000 dan ortiq xodim mehnat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250523/ozbekiston-malayziya-raqamli-texnologiyalar-49508806.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45294887_0:75:947:785_1920x0_80_0_0_2b02d42fdd794e70e2bfebc4ad35ac7f.jpgSputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziya yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi o‘zbekiston
malayziya yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi o‘zbekiston
Malayziyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Malayziya tomoni O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishlarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish va mazkur sohalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Malayziyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deb
xabar bermoqda “Dunyo” AA.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Berjaya Land Berhad" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sayid Ali Shaxul Xamid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida tomonlar bugungi kunda O‘zbekistonda bunyodkorlik sohasi jadal sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda barpo etilayotgan Yangi Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro shaharlarida bunyod etilayotgan yangi "aqlli" shaharlar kabi mega loyihalarda zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari qurilishiga sarmoya kiritish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Malayziya tomoni O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishlarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish va mazkur sohalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi.
"Berjaya Land Berhad" kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati Malayziya hududida va xorijiy davlatlarda qurilish hamda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, ushbu sohalarga sarmoya kiritish, mehmonxonalar va dam olish maskanlari, shuningdek, o‘yinlar va lotereyalarni boshqarish, avtomobil savdosidan iborat. Uning tarkibida 44 ta shu’ba korxona bor va ularda 5000 dan ortiq xodim mehnat qiladi.