Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII mamlakatlari yagona energetika bozorlarini yaratishiga hech qanday shubha yo‘q — Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovoditelyami mejdunarodnix informatsionnix agentstv
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovoditelyami mejdunarodnix informatsionnix agentstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin: yagona bozorlarni yaratishga hali tayyor bo‘lmasligimiz mumkin, lekin biz shunga qarab ketapmiz.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi so‘zda emas, amalda eng chuqur integratsiyalashgan birlashma. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Bir paytlar Qozog‘iston EOIIni tashkil etish tashabbuskori bo‘lgan. Buning uchun do‘stlarimizdan minnatdormiz. Va bu tuzilma rivojlanmoqda. Ha, u yerda hammasi oson emas. Ha, biz energetikaning ayrim sohalarida uzil-kesil yagona bozorlarni yaratishga hali tayyor bo‘lmasligimiz mumkin. Lekin biz shunga borapmiz. Va shunga kelamiz. Bu yerda hech qanday shubha yo‘q”, — deya qayd etdi prezident.
Prezident YeOII doirasidagi hamkorlik sohasida ham, ikki tomonlama hamkorlik sohasida ham, jumladan, shu jumladan, Ittifoq davlati qurilishi sohasida ham juda optimistik kayfiyatda ekanini qayd etdi.
"Biz bu yerda so‘nggi yillarda juda ko‘p ish qildik. Biz juda katta foizlarga erishdik, agar foizlarga o‘tkazadigan bo‘lsak. Va biz deyarli barcha rejamizni bajardik. Biz bojxona va soliq statistikasi sohasida juda muhim ishlarni amalga oshirdik. Soliqlar va bojxona - bu iqtisodiyot sohasida keyingi hamkorlik uchun sharoit yaratish uchun fundamental xarakterdagi narsalar", — deya qo‘shimcha qildi Vladimir Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya yetakchisi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) doirasida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashdi.
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovoditelyami mejdunarodnix informatsionnix agentstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
O‘zbekiston, Yaqin Sharq va Ukraina — Putin jurnalistlarning savollariga javob berdi
Yangiliklar lentasi
0
OSZAR »