O‘zbekistonda texnologik “sakrash” kuzatilayotgani aytildi
13:30 19.06.2025 (yangilandi: 13:31 19.06.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shu yilning besh oyida sanoat 6,4 foiz o‘sgan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.

Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, butun respublikada texnologik “sakrash” kuzatilmoqda. Xususan, shu yilning besh oyida sanoat 6,4 foiz o‘sgan, bu sohada eksport 6 milliard dollardan oshgan.
“Bunda Qashqadaryo sanoatining hissasi katta. Qarshi shahridagi “Alp texno servis” shunday eksportchi korxonalardan biri. Qiymati 10 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha elektr texnikasi yo‘nalishida global yetkazib berish zanjirida o‘rin topgan. Korxona xorijiy “TSL”, “HOFFMANN” brendlari uchun buyurtmalar tayyorlab bermoqda. Shuningdek, mahalliy SMART brendiga asos solingan. Shu nomlar ostida yiliga 500 ming donagacha televizor va elektron platalar ishlab chiqarilmoqda”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.

Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mahsulotlar yuqori texnologik, sifati va dizayni bozor talabiga mos. Shu bois 70 foiz tovarlar eksportga yo‘naltirilmoqda. O‘tgan yili 2 million dollardan ziyod eksport qilingan. Bu yilgi reja 10 million dollar.
Davlat rahbari bu tarmoqni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.

Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Bu sohada tajriba orttirdik, tashqi bozorga yo‘l topdik. Endi bu korxonani kengaytirish kerak. Odamzot bor ekan, bunday mahsulotlarga talab bo‘ladi. Faqat sifat va nomenklatura bo‘yicha o‘sish, raqobatbardosh bo‘lish zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.

Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Kashkadarinskuyu oblast.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Hozir korxonada mahalliylashtirish bo‘yicha ko‘rsatkich 50 foizdan oshgan. Kelgusida 20 million dollarlik yana 4 ta loyihani amalga oshirib, changutgich, elektr choynak, havo sovutgich, ventilyator ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bularning natijasida yiliga 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.
Korxonada 200 kishi ish bilan ta’minlangan. Qarshi davlat texnika universiteti bilan dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.