Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar O‘zbekistonga ham ta’sir etishi aytildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Djiddu
Shavkat Mirziyoyev pribil v Djiddu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston vaziyatni to‘g‘ri baholab, tashqi savdo, investitsiya, transport sohalarida tezkor choralar ko‘rmoqchi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Yaqin Sharqda ro‘y bergan harbiy harakatlar O‘zbekistonning jahonga chiqish yo‘llariga va tashqi savdo aloqalariga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi savdo va transport-logistika sohalarida kechiktirib bo‘lmaydigan choralar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
“So‘nggi kunlarda Yaqin Sharqda ro‘y bergan harbiy harakatlar shundoq ham notinch vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Bu O‘zbekistonning jahonga chiqish yo‘llariga va tashqi savdo aloqalariga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Shu bois vaziyatni to‘g‘ri baholab, tashqi savdo, investitsiya, transport sohalarida tezkor choralar ko‘rish shartligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, yuklarni boshqa xavfsiz portlarga ko‘chirish zarur;
bu esa, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tashish xarajatining 30 foizgacha oshishiga sabab bo‘lishi mumkin;
shu bois hamkor davlatlar bilan muqobil yo‘llarni kelishish, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
“Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa daxldor idoralar rahbarlariga tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan ishlab, eksport-import amaliyotlariga ko‘maklashish, mahsulotlariga qo‘shimcha bozorlar topish vazifasi qo‘yildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shu bilan birga, ishlab chiqarishni izchil davom ettirish, ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash muhimligi aytildi.
Birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
AQShning Eronga zarbalaridan keyin neft narxi oshmoqda
Yangiliklar lentasi
0
OSZAR »