https://oz.sputniknews.uz/20250625/eoii-quruvchi-tayyorlash-talablar-50158674.html
YeOII mamlakatlarida quruvchilarni tayyorlashga qaratilgan talablar ishlab chiqildi
YeOII mamlakatlarida quruvchilarni tayyorlashga qaratilgan talablar ishlab chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK tomonidan qabul qilingan hujjat qurilish ishlari sifatini oshirishga qaratilgan. 25.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-25T16:09+0500
2025-06-25T16:09+0500
2025-06-25T16:09+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
bozor
qurilish
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16037995_0:171:3035:1878_1920x0_80_0_0_0610e5b52669342c3d108cc8832b046c.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati "Qurilish sohasida talab eng yuqori bo‘lgan kasblarga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida"gi tavsiyani qabul qildi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati. Hujjat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida kasbiy standartlarni birxillashtirish va qurilish ishlari sifatini oshirishga qaratilgan. Tavsiyanoma “Strategiya-2025”ni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan. U qurilish sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda turli malaka darajasidagi ishchilar uchun bilim va ko‘nikmalarning minimal ro‘yxatini belgilaydi. Malaka standartlari milliy talablarni ishlab chiqish uchun namuna bo‘ladi va mamlakatlarda kasbiy ta’lim dasturlarini tayyorlashda qo‘llanilishi mumkin. Avvalroq YeIK Hay’ati ta’lim, sog‘liqni saqlash, avtomobil transporti va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qo‘yiladigan malaka talablari bo‘yicha tavsiyalar qabul qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250609/eoiida-qurilish-ishlari-49802032.html
Sputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16037995_152:0:2883:2048_1920x0_80_0_0_ace6ecf9d7c7466c0154e562c07e216d.jpgSputnik O‘zbekiston
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, bozor, qurilish, talabalar
yeoii, yeik, bozor, qurilish, talabalar
YeOII mamlakatlarida quruvchilarni tayyorlashga qaratilgan talablar ishlab chiqildi
YeIK tomonidan qabul qilingan hujjat qurilish ishlari sifatini oshirishga qaratilgan.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati "Qurilish sohasida talab eng yuqori bo‘lgan kasblarga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida"gi tavsiyani qabul qildi, deya xabar berdi komissiya
matbuot xizmati. Hujjat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida kasbiy standartlarni birxillashtirish va qurilish ishlari sifatini oshirishga qaratilgan.
Tavsiyanoma “Strategiya-2025”ni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan. U qurilish sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda turli malaka darajasidagi ishchilar uchun bilim va ko‘nikmalarning minimal ro‘yxatini belgilaydi.
"Tavsiyaning qabul qilinishi YeOII doirasida yagona mehnat bozorini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yagona standartlar Ittifoqning barcha mamlakatlarida quruvchilarni tayyorlashning teng darajasini ta’minlashga yordam beradi, natijada infratuzilma loyihalari sifati va obyektlar xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — dedi YeIK iqtisodiyot va moliyaviy siyosat vaziri Baxit Sultanov.
Malaka standartlari milliy talablarni ishlab chiqish uchun namuna bo‘ladi va mamlakatlarda kasbiy ta’lim dasturlarini tayyorlashda qo‘llanilishi mumkin.
Avvalroq YeIK Hay’ati ta’lim, sog‘liqni saqlash, avtomobil transporti va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qo‘yiladigan malaka talablari bo‘yicha tavsiyalar qabul qilgan edi.